“Yoshlar turizmi haftaligi”

“Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida Kattaqo’rg’on tumandagi umumiy o‘rta ta’lim maktabi o‘quvchilari uchun Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 30-apreldagi PQ-232-sonli “Ichki turizm xizmatlarini diversifikatsiya qilishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida politexnikumda “Yoshlar turizmi haftaligi” doirasida qator amaliy tadbirlar tashkil etilmoqda.
Mazkur sayohat davomida o‘quvchilar Islom Karimov maqbarasi, Registon maydoni, Amir Temur majmuasi hamda boshqa tarixiy obidalarga tashrif buyurib, ularning boy tarixi, me’moriy yodgorliklarning o‘ziga xosligi va milliy merosimizdagi o‘rni haqida batafsil ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.