“Yashil makon” loyihasi izchil davom etmoqda!

Kattaqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab taʼlimi bo‘limi boshlig‘i A. Daminov ishtirokida, bo‘lim xodimlari hamda 12-maktab ma’muriyati bilan hamkorlikda maktab hududida mevali va manzarali daraxt ko‘chatlari ekildi.
Mazkur ezgu tashabbus nafaqat atrof-muhitni yanada ko‘kalamzorlashtirish, balki yoshlarimizga tabiatni asrash va uni sevishga bo‘lgan hurmatni kuchaytirishni ham maqsad qilgan.
Keling, yurtimizni yanada yashil, sokin va go‘zal maskanga aylantirish uchun birgalikda hissa qo‘shaylik!