“Ta’limda korrupsiya bo‘lmaydi”

Kattaqo‘rg‘on tumanida  Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi tassarufidagi  umumtaʼlim maktablarining MMIBDO‘lari ishtirokida amaliy-seminar o‘tkazildi.
Kun tartibida quyidagi dolzarb yo‘nalishlarga e’tibor qaratildi:
🔹 308-sonli buyruq ijrosi va undagi vazifalarni amaliyotga joriy etish yo‘llari.
🔹»Kelajak soatlari»ni o’tish va video kontentlardan foydalanish.
🔹 “Ta’limda korrupsiya bo‘lmaydi” shiori ostida ochiq muloqot.
🔹 O‘quvchilarning davomati, fan va sport to‘garaklariga jalb etish, ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish masalalari.
🗣 Tadbir davomida ishtirokchilar o‘z tajribalari, samarali yondashuvlar va muammolar yechimi haqida fikr almashdilar.

🔥 “Bugun farzandlarimizni faqat dars bilan emas, qadriyat bilan tarbiyalaymiz.
Chunki halol inson — kuchli jamiyatning eng muhim bo‘lagi!”