«SOLIQ BILIMLARI – YOSH AVLODGA»

Samarqand shahrida umumta’lim maktab o‘quvchilari o‘rtasida “Soliq bilimlari – yosh avlodga” mavzusidagi ijodiy ishlar ko‘rik-tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.
🏆 Tanlovda Kattaqo‘rg‘on tumanidagi 5-maktab o‘quvchisi Tulkinova Aziza “Eng yaxshi insholar” yo‘nalishida munosib ishtirok etib, faxrli 🥇-o‘rinni egalladi.
🎥 Shuningdek, 17-maktab o‘quvchisi Yoqubova Barno “Videorolik” yo‘nalishida 🥉-o‘ringa sazovor bo‘ldi.
🥇- o‘rin sovrindorlari tanlovning Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritishdi.
👏 G‘olib va ishtirokchilarni samimiy tabriklaymiz! Kelgusi bosqichda ham omad tilaymiz!