“Sog‘lom hayot” — kelajak poydevori

Kattaqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A. Daminov tumandagi 34-umumta’lim maktabida bo‘lib, “Sog‘lom hayot” mavzusida o‘tkazilgan “Kelajak soati” darslarida ishtirok etdi.
Mazkur mashg‘ulotlar davomida yuqori sinf o‘quvchilari bilan davra suhbati tashkil etilib, sog‘lom turmush tarzining ahamiyati, to‘g‘ri ovqatlanish, jismoniy faollik, zararli odatlardan yiroq bo‘lish, shuningdek, kelajakda to‘g‘ri kasb tanlash va hayotiy maqsadlarni belgilash borasida atroflicha tushunchalar berildi.
Davra suhbati jarayonida o‘quvchilar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar, erkin fikr almashdilar hamda sog‘lom hayot tamoyillarining nafaqat bugungi kun, balki kelajak hayotdagi muhim o‘rni haqida muhim xulosalarga kelishdi.
“Kelajak soati” darslari o‘quvchilarning dunyoqarashini kengaytirish, mustaqil fikrlash ko‘nikmalarini rivojlantirish, sog‘lom va faol hayotga bo‘lgan mas’uliyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etadi.