NAVBATDAGI YUTUQ — RESPUBLIKA SARI QADAM!

I-IDUMning biologiya fanidan viloyat bosqichi g‘olibi, 11-sinf o‘quvchisi Abdurayimov Elnur Jasur o‘g‘li o‘z bilim va salohiyati bilan Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.
Ushbu yutuqda fidoyi ustoz Toshniyozova Mohinur Yusuf qizining hissasi beqiyos.
G‘olib o‘quvchi va ustoz Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A.A. Daminov tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.
G‘alaba — bu mehnat, ishonch va ustoz-shogird hamkorligi samarasi!
Respublika bosqichida omad tilaymiz!