KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH BO‘YICHA MUHOKAMA O‘TKAZILDI

Tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi xodimlari hamda maktab direktorlari ishtirokida sohada korrupsiyaviy holatlarni oldini olish hamda ushbu salbiy illatga qarshi kurashishga qaratilgan targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi.

Unda korrupsiya jamiyatimizdagi salbiy illat ekanligi tushuntirilib, bu kabi holatlarni oldini olish bo‘yicha xodimlarning takliflari eshitildi.

Shuningdek, korrupsiyaga qarshi murosasiz muhitni, huquqiy ong va madaniyatni bolalikdan shakillantirish maqsadida viloyat Prokuraturasi, Sud tizimi, Ichki ishlar va Adliya idoralari tomonidan maktablarda o‘tkazilayotgan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha «Halollik va to‘g‘rilik- oliy fazilat» mavzusidagi o‘quv mashg‘ulotlarini sifatli tashkil etish bo‘yicha vazifalar belgilandi.

Kattaqo’rg’on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo’limi axborot xizmati