Kattaqo‘rg‘on tumanida maktabgacha ta’lim qamrovini kengaytirish ishlari davom etmoqda!

Kattaqo‘rg‘on tuman hokimi o‘rinbosari F. Omonov hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A. Daminov tumandagi 73- va 83-maktablar hududida bo‘sh turgan binolardan samarali foydalanish masalalari yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish ishlarini olib bordilar.
Unda mazkur binolarni maktabgacha ta’lim muassasalariga moslashtirish va oila farzandlarini ta’lim jarayoniga jalb etish choralarini ko‘rish hamda amalga oshirilishi lozim bo‘lgan qurilish-ta’mirlash ishlari holati bilan yaqindan tanishildi.