Kattaqo‘rg‘on ta’lim jamoasining Samarqandga ma’rifiy tashrifi!

Kattaqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari hamda umumta’lim maktablari ustozlari tomonidan Samarqand shahridagi “Qatag‘on qurbonlari muzeyi”ga ma’rifiy tashrif uyushtirildi.
Ushbu tashrif davomida ishtirokchilar muzeyda jamlangan tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari va ma’lumotlar bilan yaqindan tanishib, mamlakatimiz tarixida muhim o‘rin tutgan davr haqida kengroq tasavvur hosil qildilar.
Tadbir ta’lim jamoasi o‘rtasida hamkorlikni mustahkamlash, tarixiy merosimizni chuqurroq o‘rganish va yosh avlodga to‘g‘ri ma’lumot yetkazish borasida muhim ahamiyat kasb etdi.