Kattaqo‘rg‘on tumani 13-maktabda maktab jamoasi va yuqori sinf o‘quvchilari ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, «Tinchlik oliy ne’mat» mavzusilarida davra suhbati o’tkazildi.
Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning tuman bosh mutaxassisi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tegishliligi bo‘yicha hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.
Tadbirda islom dinining asl mohiyati, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi hamda diniy mazmundagi noqonuniy saytlarga aldanib qolmaslik va yoshlarni turli yod g‘oyalarga kirib qolishni oldini olish, yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari asosida tarbiyalash haqida so‘z yuritildi.



