ENG FAOL MAKTABGACHA TA’LIM TASHKILOTI RAHBARI TAQDIRLANDI!

30-oktabrda start olgan onlayn so‘rovnomamiz 15-noyabr kuni o‘z nihoyasiga yetdi. Ushbu jarayon davomida barcha ishtirokchilarning faolligi va qo‘llab-quvvatlashi biz uchun juda muhim bo‘ldi!
Yakuniy natijalar asosida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A. Daminov tomonidan g‘oliblar hamda eng faol ishtirokchilarga statuetkalar va tashakkurnomalar topshirildi.
 Barcha ishtirokchilarga faol ishtiroki uchun minnatdorchilik bildiramiz!
Kelgusida yana ko‘plab ijobiy loyihalarda birgalikda bo‘lishni istaymiz!