Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani “Zarqo‘rg‘on” mahallasida 35-sonli davlat maktabgacha ta’lim tashkiloti foydalanishga topshirildi.

Mazkur ta’lim muassasasi to‘liq qayta ta’mirlanib, zamonaviy ko‘rinishga keltirildi hamda bolajonlar uchun barcha zarur shart-sharoitlar yaratildi.
Ochilish marosimida tuman hokimi J. Nasriddinov, viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari S. Mirzayev, mahalla nuroniylari hamda keng jamoatchilik vakillari ishtirok etib, tadbir ko‘tarinki kayfiyatda o‘tkazildi.