Kattaqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A. Daminov boshchiligida bo‘lim xodimlari va ta’lim muassasalari rahbarlari ishtirokida muhim uchrashuv bo‘lib o‘tdi.



🔹Uchrashuvda ta’lim muassasalarida noyabr oyi “Korrupsiyaga qarshi kurashish oyligi” deb e’lon qilinib, bu illatga qarshi birdamlik va halollik ruhida faoliyat yuritishga chaqirdi.
🔹Shuningdek, Din ishlari bo‘yicha qo‘mita tuman bosh mutaxassisi Sh. Maxkamov yoshlarni yot g‘oyalardan asrash, to‘g‘ri dunyoqarashni shakllantirishda birgalikda xarakat qilish lozimligini ta’kidladi.
🔹RMMM tuman bo‘linmasi rahbari T. Otamurodov esa “To‘ylar, oilaviy tantanalar, ma’raka va marosimlarni maromida o‘tkazish – isrofgarchilikka qarshi kurashning samarali yo‘li” mavzusida o‘z fikrlarini bildirdi.
📢 Korrupsiyasiz jamiyat – kelajagimiz poydevori!
