Alisher Navoiy — buyuk mutafakkir va adabiyot dahosi

Alisher Navoiy 1441-yil 9-fevralda Hirot shahrida, Amir Temurning o‘g‘li Shohruh Mirzo hukmronligi davrida tavallud topgan. Zamondoshlari uni ko‘pincha “Nizomiddin Mir Alisher” deb atashgan.
Nizomiddin — “din-diyonat nizomi” ma’nosini bildirib, donishmand va martabali kishilarga berilgan unvon, mir esa — amir degani.
Navoiy otasi G‘iyosiddin Muhammad (G‘iyosiddin Kichkina) temuriylar saroyining ishonchli amaldorlaridan bo‘lgan. Onasi esa amirzoda Shayx Abusaid Changning qizi bo‘lib, ismi tarixda saqlanmagan.
Buyuk siymo hayoti va merosi — milliy faxrimizdir.
5-maktabda buyuk mutafakkir, davlat arbobi va ulug‘ shoir Alisher Navoiy tavalludining 585 yilligi munosabati bilan ma’naviy-ma’rifiy tadbir tashkil etildi.
Tadbir davomida o‘quvchilar tomonidan Navoiy g‘azallari o‘qildi, sahna ko‘rinishlari namoyish etildi hamda buyuk bobomizning komil inson, yuksak axloq haqidagi g‘oyalari keng targ‘ib qilindi.
📖 Navoiysi bor millat — ma’nan qudratli millat!