Iqtidorli yoshlar — yurtimiz kelajagi!

Kattaqo‘rg‘on tumanida ta’lim sohasida yuksak natijalarga erishayotgan iqtidorli o‘quvchilarni munosib rag‘batlantirish an’anasi izchil davom etmoqda. Bu esa yosh avlodni yanada katta marralar sari ruhlantiradi.
🏆 1-IDUM o‘quvchilari xalqaro va respublika miqyosidagi nufuzli olimpiadalarda yuqori natijalarni qo‘lga kiritib, tumanimiz sharafini munosib himoya qildilar:
🔹 Abdurayimov Elnur Jasur o‘g‘li — biologiya fani bo‘yicha Respublika bosqichida munosib ishtirok etdi;
🔹 Ravshanov Ashrafjon Obidjon o‘g‘li — Adigeya Respublikasi, Maykop shahrida o‘tkazilgan Xalqaro Kavkaz matematika olimpiadasida 2-o‘rinni egallab, kumush medal sohibiga aylandi.
🌟 Ushbu yutuqlar tumanimiz ta’lim tizimining yuksak salohiyatini, o‘quvchilarimizning bilimga bo‘lgan intilishi va mehnatsevarligini yaqqol namoyon etadi.
🎖 Tuman hokimi tomonidan iqtidorli o‘quvchilarimizga faxriy yorliqlar hamda qimmatbaho sovg‘alar topshirildi.