“Sun’iy intellekt” mavzusida amaliy seminar o‘tkazildi

Kattaqo’rg’on tumanidagi barcha ta’lim muassasalarining informatika fani o‘qituvchilari ishtirokida tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi hamda tuman hokimligi hamkorligida “Sun’iy intellekt” mavzusida amaliy seminar tashkil etildi.
Seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad — ustozlarimiz faoliyatida sun’iy intellekt imkoniyatlaridan keng va samarali foydalanish, zamonaviy texnologiyalarni ta’lim jarayoniga joriy etish hamda o‘qituvchilarning bilim va ko‘nikmalarini yanada oshirishdan iborat bo‘ldi.
Tadbir davomida sun’iy intellektning ta’lim sohasidagi imkoniyatlari, amaliy qo‘llanilishi hamda dars jarayonida undan samarali foydalanish bo‘yicha tavsiyalar berildi.