


Mazkur tanlov O‘zbekiston Respublikasi Soliq qo‘mitasi tashabbusi bilan Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi hamda Yoshlar ishlari agentligi hamkorligida o‘tkazilmoqda. Loyiha yoshlar o‘rtasida soliq madaniyatini yuksaltirish, ularning iqtisodiy bilimlarini mustahkamlash, soliqlarning davlat byudjetidagi o‘rni va ahamiyati haqida keng tushuncha berishga qaratilgan.
Viloyat bosqichida shahar va tuman bosqichlarida 1-o‘rinni qo‘lga kiritgan 54 nafar iqtidorli o‘quvchi ishtirok etdi. Tanlov ishtirokchilarning yosh toifasidan kelib chiqib, turli ijodiy yo‘nalishlarda tashkil etildi.


5–7-sinf o‘quvchilari soliq mavzusini tasviriy san’at orqali ifodalab, o‘z ijodini rasmlarda namoyish etdilar. Ularning ishlarida soliqlarning jamiyat hayotidagi o‘rni, bunyodkorlik jarayonlari va farovonlik manbai ekani bolalar nigohi bilan yorqin tasvirlandi.
8–9-sinf o‘quvchilari mavzu yuzasidan insho yozib, soliqlarning ahamiyati, fuqarolik mas’uliyati va soliq madaniyati haqida o‘z fikr-mulohazalarini bayon etdilar. Ularning ishlari mustaqil fikrlash va mantiqiy yondashuv bilan ajralib turdi.


