
Bugun Kattaqo’rg’on tumani 12-sonli umumta’lim maktabida “Kelajak soati” darslari yuqori saviyada tashkil etildi.
Tadbirda tuman prokurori M.Nozimov hamda tuman Maktabgacha va maktab ta’lim bo’limi boshlig’i A.Daminov ishtirok etib, o‘quvchilar bilan “Halollik vaksinasi” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazdilar.
Uchrashuvda yoshlar orasida halollik, rostgoʻylik va qonunga hurmat tuyg‘ularini mustahkamlash, huquqiy savodxonlikni oshirish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.


