Kattaqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimi N. Qodirov tomonidan tumandagi 64-maktabning yuqori sinf o‘quvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi.
Tadbir davomida bugungi kunda yoshlar o‘rtasida uchrab borayotgan jinoyatchilik va huquqbuzarliklar, shuningdek, giyohvandlik vositalariga ruju qo‘yishning salbiy oqibatlari, ularning inson salomatligi uchun xavfliligi haqida atroflicha tushunchalar berildi.
Shuningdek, huquqbuzarliklar sodir etilgan taqdirda amaldagi qonunchilikda belgilangan javobgarlik va jazo choralari muqarrarligi ta’kidlandi.
Bunday uchrashuvlar yoshlarning huquqiy ongini oshirish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirishga xizmat qiladi.