2026-yil O‘zbekistonda “Mahallani rivojlantirish va jamiyatning yuksalish yili” bo‘ladi, deya ma’lum qildi prezident Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari bugungi kunda jamiyatda turli xil fikr va qarashlar bo‘lishi tabiiyligi, bu — demokratiyaning birlamchi talabi ekanini ta’kidladi.
“Ammo millati, tili va dinidan qat’i nazar, 38 millionli xalqni birlashtiradigan ulug‘ bir g‘oya bor. U ham bo‘lsa, Vatan manfaati, xalqimiz manfaatidir”, — dedi prezident.
“Tarix davomida qanday og‘ir sinovlarga duch kelmaylik, biz avvalo birdamlikdan kuch oldik. Mashaqqatli kunlarda odamlarimiz, mahalla ahli yelkadosh bo‘lib qiyinchiliklarni yenggan. Oila — oilaga, qo‘shni — qo‘shniga ko‘mak berib yashagan. Biz mana shunday o‘ta noyob qadriyatimizga doimo sodiq qolishimiz, yosh avlodimizni ayni shu ruhda tarbiyalashimiz kerak”, — dedi prezident.
“Mana shunday buyuk maqsadga erishishda mahalla tizimining o‘rni va ta’siri beqiyos. Chunki mahalla tinch va ahil bo‘lsa, jamiyatimiz tinch va hamjihat bo‘ladi. Mahalla rivojlansa, butun mamlakatimiz yuksaladi”, — dedi prezident Shavkat Mirziyoyev.