Kattaqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A. Daminov 98-umumta’lim maktabida “Kelajak soati” doirasida Jadid bobolarimiz mavzusida o‘tkazilgan darsda ishtirok etdi.
🔹 Dars davomida o‘quvchilarga jadidlarning ma’rifatparvarlik g‘oyalari, inson qadr-qimmati va zo‘ravonlikka qarshi targ‘ibot masalalari yuzasidan tushunchalar berildi.
🔹 Ushbu dars yoshlarni ijtimoiy faollikka, sog‘lom fikrlash va milliy qadriyatlarga hurmat ruhida tarbiyalashga xizmat qildi.