
Aziz yurtdoshlar, hurmatli hamkasblar!
Konstitutsiya – yurtimiz taraqqiyoti, tinchligi va farovonligining mustahkam poydevori, har birimizning huquq va erkinliklarimizning asosiy kafolatidir. Bugun ana shu muhim sana — Konstitutsiyamiz qabul qilingan kunni keng nishonlamoqdamiz.
Kattaqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi jamoasi nomidan barchangizni ushbu qutlug‘ bayram bilan samimiy muborakbod etaman! Yurtimizda huquqiy-madaniy savodxonlikni oshirish, yosh avlodni Vatanga sadoqat, qonunga hurmat ruhida tarbiyalash yo‘lida birgalikda ulkan ishlarni amalga oshirmoqdamiz.
Barchangizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va ishlaringizda ulkan zafarlar tilayman!
Hurmat bilan,
A. Daminov
Kattaqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i
