Kattaqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi xodimlari hamda umumta’lim maktablari ustozlari tomonidan Samarqand shahridagi “Qatag‘on qurbonlari muzeyi”ga ma’rifiy tashrif uyushtirildi.


Ushbu tashrif davomida ishtirokchilar muzeyda jamlangan tarixiy manbalar, arxiv hujjatlari va ma’lumotlar bilan yaqindan tanishib, mamlakatimiz tarixida muhim o‘rin tutgan davr haqida kengroq tasavvur hosil qildilar.


