Kelajak_soati — Zo‘ravonlikka “YO‘Q” deymiz!

Bugun 4-maktabda boshqacha kayfiyat, boshqacha dars bo‘ldi.
Kattaqo‘rg‘on tumani Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i A. Daminov “Kelajak soati”da ishtirok etib, o‘quvchilar bilan bir safda turdi.
 Mavzu: “Biz zo‘ravonlikka qarshimiz.”
Ishtirokchilar: M.Ulug‘bek mahallasi xotin-qizlar faoli va ijtimoiy xodimlar
Dars davomida: amaliy mashg‘ulotlar, ochiq muloqot, foydali tavsiyalar berildi.
Bugungi darsning asosiy maqsadi —
o‘quvchilarda zo‘ravonlikka nisbatan mutlaqo murosasiz munosabatni shakllantirish;
o‘zini himoya qilish ko‘nikmalarini mustahkamlash;
sog‘lom va xavfsiz maktab muhitini yaratish.
Bolalar — bizning kelajagimiz.
Ular xavfsiz bo‘lsa, ertamiz yorqin bo‘ladi.