Yashil makon sari — sifatli ta’lim va kasb-hunarga yo‘naltirish yo‘lida yangi qadam!

Joriy yilning 6-noyabr kuni Kattaqo‘rg‘on tuman Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limi boshlig‘i boshchiligida, bo‘lim xodimlari hamda tumandagi barcha umumiy o‘rta ta’lim maktablari direktorlarining ishtirokida 35-umumiy o‘rta ta’lim maktabi mezbonligida amaliy seminar o‘tkazildi.

🔹 Seminarda ta’til davrida o‘quvchilarning to‘garaklarga faol jalb qilinishi, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, mehnatga muhabbat ruhida tarbiyalash, shuningdek “Yashil makon — yashillik sari” tamoyili asosida olib borilayotgan tashabbuslar bilan tanishildi.

🔹 Seminar davomida mehmonlar 35-maktab jamoasining ta’lim sifati, obodonlashtirish ishlari va kasbga yo‘naltirishdagi tajribasi bilan yaqindan tanishdilar hamda o‘z faoliyatlarida qo‘llash uchun foydali g‘oyalar va bilimlarni o‘zlashtirdilar.

🔹 Tadbir tumanda ta’lim sifatini oshirish, o‘quvchilarda mehnatsevarlik, ijodkorlik va kasb-hunarga bo‘lgan qiziqishni kuchaytirishga qaratilgan.