BIZ KORRUPSIYAGA QARSHIMIZ

Korrupsiya — jamiyat taraqqiyoti uchun juda xavfli jinoyat bo‘lib, davlatni ich-ichidan yemirib boradi, xalqni xonavayron etadi. Davlat va jamiyatda sog‘lom muhitning qaror topishi, mamlakatning barqarorligi, tinchligi va taraqqiyoti uchun xavf soladi.
Adolat qaror topgan demokratik fuqarolik jamiyatida yashamog‘imiz uchun nafaqat davlat organlari, idoralarida faoliyat yuritayotgan xodimlar va rahbarlar, balki, har birimiz mas’ul ekanligimizni unutmasligimiz, korrupsiyaga qarshi kurashish barchamizning burchimiz ekanligini anglashimiz, uning oldini olish, yo‘q qilish, unga nisbatan murosasiz bo‘lishda har birimiz o‘z hissamizni qo‘shmog‘imiz  zarur.

❗️Agarda Siz tizimda korrupsion  yohud qonunbuzilish holatlariga duch kelsangiz,  viloyat Maktabgacha va maktab ta’limi boshqarmasining +998 55 703 74 00 yoki +998 55 704 74 00  raqamli ishonch telefonlariga  murojaat qilishingizni so‘raymiz!

Murojaat uchun: @sammmtb_bot