«Jaholatga qarshi ma’rifat bilan kurashamiz»

Kattaqo‘rg‘on tumani 13-maktabda maktab jamoasi va yuqori sinf o‘quvchilari  ishtirokida “Jaholatga qarshi ma’rifat”, «Tinchlik oliy ne’mat» mavzusilarida davra suhbati o’tkazildi.
Uchrashuvda Din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning  tuman bosh mutaxassisi, Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi tuman bo‘linmasi hamda tegishliligi bo‘yicha hamkor tashkilotlar vakillari ishtirok etishdi.

Tadbirda islom dinining asl mohiyati, ijtimoiy tarmoqlardan foydalanish odobi hamda  diniy mazmundagi noqonuniy saytlarga aldanib qolmaslik  va  yoshlarni turli yod g‘oyalarga kirib qolishni oldini olish, yurtga sadoqat, fidoiylik, bag‘rikenglik g‘oyalari asosida tarbiyalash   haqida so‘z yuritildi.