“Sen iste’dodlisan” tanlovining Kattaqo’rg’on tuman bosqichi joriy yilning 24-oktabr sanasida 15-umumiy o’rta ta’lim maktabida o’tkazildi.

Umumiy oʻrta ta’lim maktablarining inklyuziv ta’lim sinflari va uyda yakka tartibda ta’lim olayotgan 3–10-sinf oʻquvchilari oʻrtasida estrada-vokal (anʼanaviy ijrochilik) hamda tasviriy sanʼat yo‘nalishlari bo‘yicha tashkil etildi.