Bitiruvchilarga oltin va kumush medallar topshirildi

⚡️Bugun Kattaqo‘rg‘on tumani hokimligida tumandagi umumta’lim maktablarini a’lo baholarga tamomlagan 88 nafar bitiruvchilarga oltin va 6 nafar bitiruvchilarga kumush medallarni tantanali topshirish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🔹Oʻtkazilgan tadbirda ishtirok etgan tuman hokimi J.Toʻlqinov bugun mamlakatimizda Prezidentimiz boshchiligida navqiron avlod kamoloti yo‘lida beqiyos imkoniyatlar yaratib berilayotganini ta’kidlarkan, yigit-qizlarni bu imkoniyatlarni qo‘ldan boy bermaslikka chaqirdi, umrning yoshlik fasli o‘qib-izlanish, hayotda, jamiyatda o‘z o‘rnini topish uchun eng qulay fursat ekanini qayd etdi.

⚡️Shuningdek, o‘quv yilini muvaffaqiyatli yakunlagan 8 nafar  viloyat hokimi olimpiadasi gʻoliblariga faxriy yorliqlar va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.