Bugun, 9-aprel — dunyo tarixini o‘zgartirgan buyuk sarkarda, markazlashgan davlat asoschisi va ilm-fan homiysi Sohibqiron Amir Temur tavallud topgan kun.
Amir Temur nafaqat yengilmas qo‘mondon, balki «Kuch — adolatdadir» degan muqaddas tamoyilni davlat boshqaruviga olib kirgan adolatli hukmdor edi. Uning davrida Samarqand «Yer yuzining sayqali»ga aylandi, ilm-fan, madaniyat va me’morchilik mislsiz darajada yuksaldi.
«Azm-u jazm bilan ish tutdim. Bir ishni qilishga qaror qilgan bo‘lsam, butun zehniyatim va borlig‘im bilan o‘sha ishga kirishdim…»
Bugun biz nafaqat buyuk bobomizning xotirasini yodga olamiz, balki uning mardlik, vatanparvarlik va bunyodkorlik merosidan kuch olamiz.
Sohibqiron bobomizning shonli merosi mangu yashasin!